Jurnal haqida

Umumiy maʼlumotlar

Legalsciences.uz: Yuridik fanlarning dolzarb masalalari”  ilmiy-amaliy elektron jurnal boʻlib, rasman 2025-yil 7-iyul kuni 876364-son bilan davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan.

Legalsciences.uz: Yuridik fanlarning dolzarb masalalari —taqrizlanadigan ochiq ilmiy jurnal bo‘lib, huquqiy tafakkur, davlat boshqaruvi, sud-huquq tizimi va jamiyatning huquqiy rivojlanishiga oid masalalarni yoritishga bag‘ishlangan. Jurnal konstitutsiyaviy huquq, ma’muriy huquq, fuqarolik va jinoyat huquqi, xalqaro huquq, iqtisodiy va ekologik huquq, shuningdek, huquq falsafasi va huquqiy madaniyat masalalariga doir ilmiy tadqiqotlarni chop etadi. Unda original ilmiy maqolalar, sharhlar, tahliliy tadqiqotlar va konseptual ishlanmalar e’lon qilinadi.

Jurnal 2025-yildan buyon nashr etiladi.

Nashrning tili

Jurnal va undagi maqolalar oʻzbek, rus va ingliz tillarida chop etiladi.

Jurnal bo‘limlari
Jurnal
yuridik fanlarga ixtisoslashgan.

Jurnalning foydalanish uchun ochiqligi
Jurnalning barcha sonlari va maqolalari ochiq va bepul. Chop etilgan materiallar Legalsciences.uz saytining arxiv bo‘limida erkin o‘qish va yuklab olish uchun joylashtirilgan.

Taqrizlash siyosati
Taqdim etilgan barcha qoʻlyozmalar muallifi shaxsi oshkor etilmagan holda tegishli soha boʻyicha mutaxassisga taqrizlash uchun yuboriladi. Taqrizchi tomonidan nashrga tavsiya etilgan va ijobiy taqrizlangan maqolalargina chop etiladi.

Antiplagiat tekshiruvi
Tahririyatga yuborilgan barcha maqolalar maxsus antiplagiat dasturi yordamida tekshiriladi. O‘xshashlik darajasi 15% dan oshmasligi, matnning originalligi esa kamida 85% bo‘lishi lozim.

Nashrning davriyligi
Jurnal qoida tariqasida bir oyda bir marotaba chop etiladi. Shuningdek, tahririyat tavsiyasiga koʻra, jurnalning qoʻshimcha va maxsus sonlari ham chop etilishi mumkin.

ISSN
Nashrning xalqaro standartlar asosida boʻlishini taʼminlash maqsadida unga ISSN  raqami olingan.

Crossref DOI
Tahririyat Crossref xalqaro tashkilotining rasmiy a’zosi bo‘lib, 10.47.390 DOI prefiksidan foydalanadi. Har bir nashr qilingan son va ilmiy maqolaga yagona Crossref DOI raqami biriktiriladi, bu esa ularning doimiy identifikatsiyasini va iqtibos keltirishni ta’minlaydi.

Muassis:
Jurnal “SCIENCEPROBLEMS TEAM” masʼuliyati cheklangan jamiyati tomonidan taʼsis etilgan.

Tahririyat
Manzili: Toshkent shahri, Yakkasaroy tumani, Kichik Beshyogʻoch koʻchasi, 70/10-uy. 
Elektron manzil: scienceproblems.uz@gmail.com
Telegram kanal: https://t.me/Scienceproblemsteam_uz
Telefon raqami (telegram): +998996020984