Konstitutsiyaviy islohotlar jarayonida xotin-qizlar huquqlarining yangi bosqichi
Kalit so‘zlar:
gender siyosati, konstitutsiyaviy islohotlar, ayollar himoyasi, ijtimoiy barqarorlik, davlat kafolatlari, ayollar bandligi, huquqiy islohotlar, gender strategiyasiAvstrakt
Ushbu maqolada O‘zbekiston Respublikasida amalga oshirilayotgan konstitutsiyaviy islohotlar jarayonida xotin-qizlar huquqlarining yangi bosqichda mustahkamlanishi yoritilgan. Yangi tahrirdagi Konstitutsiyada gender tengligini ta’minlash, ayollarning siyosiy, iqtisodiy va ijtimoiy faolligini kengaytirish, ularni kamsitishning oldini olishga qaratilgan normalar tahlil qilinadi. Shuningdek, davlat siyosati, xalqaro huquqiy majburiyatlar, ayollarni qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan dasturlar hamda amaliy mexanizmlar (ayollar ulushining siyosat, ta’lim va iqtisodiyotda ortishi) asosida mamlakatda gender tenglikning real natijalari ko‘rsatilgan.